16 sen 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

David Leme 2 daqiqayu 44 soniyada raqibini “tinchitdi”
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Qiziqarli janglarning birida o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni David Leme irlandiyalik Geri O’Sallivanga qarshi ringga ko'tarildi. Jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi.
Leme birinchi raunddayoq O’Sallivanni nokautga uchratdi. Bu paytga kelib jangning 2 daqiqasi 44 soniyasi o'tib borayotgandi. Geri jangdan oldin Lemeni mag'lub etishga va undan so'ng Gennadiy Golovkinga qarshi ringga ko'tarilishga vada bergan edi.
Havola :
Fikrlar