01 iyu 08:34
Yangiliklar
![](/upload/storage/39684_220.jpg)
Deontey Uaylder birinchi og'ir vaznda ham chempion bo'lmoqchi
U o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasida bu orzusi haqida video murojaat qoldirdi.
“Superog'ir vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritganimdan so'ng birinchi og'ir vaznda o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Nafaqat sinamoqchiman, balki chempionlik jangi o'tkazaman. SHu kungacha hech bir bokschiga bu ishni amalga oshirish nasib qilmagan. Har ikki vaznda ham chempionlik kamarlaridan voz kechmayman”, — dedi Uaylder.
Takidlash joiz, Deontey Uaylder havaskor bokschilik faoliyatida aynan birinchi og'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazgan. Professional boksdagi debyut jangida uning vazni 94 kg bo'lgan. Luis Ortisga qarshi o'tkazgan so'nggi jangida esa 97,4 kg tosh bosgan. Birinchi og'ir vaznda jang qilishi uchun vazni ko'pi bilan 90,7 kg bo'lishi shart.
Fikrlar