15 iyu 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41998_220.jpg)
Deontey Uaylder: “Joshua bilan jang albatta o'tkaziladi”
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder Premier Boxing Champions saytiga bergan intervyusida hamon birlashtiruvchi chempionlik jangi haqida o'ylayotganini aytdi.
Amerikalik bokschi qolgan uchta yo'nalishda jahon chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua bilan birlashtiruvchi chempionlik jangining o'tkazilish tarafdori, lekin bu holatda gonorarlar teng bo'linishi shart.
“Superog'ir vazn toifasiga ko'p chempionlar kerak emas. Amerikada hozir ana shunday chempion bor va u bir kuni kelib barcha chempionlik kamarlarini o'zida birlashtiradi. Buning uchun Joshuani mag'lub etishim kerak. Agar gonorarlar teng bo'lsinsa, 2019 yilning 13 aprel kuni “Uembli”da barcha kutayotgan jang o'tkaziladi”, - dedi Uaylder.
Havola :
Fikrlar