21 iyu 11:14
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya sobiq jamoasiga qaytishga yaqin
Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya “Benfika” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
35 yoshli futbolchining vakillari va klub o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Agar tomonlar shartnomaning so'nggi bandlarini kelishib olishsa, Di Mariya klub bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. U o'tgan mavsumda “Yuventus”da barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Malumot uchun, Anxel Di Mariya “Benfika” safida 2007-2010 yillarda o'ynagan.
Havola :
Fikrlar