07 iyu 08:45
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya "Yuventus"dan ketganini malum qildi
Yarim himoyachi Anxel Di Mariya "Yuventus"dan ketganini malum qildi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarida malumot berdi.
"Faoliyatimning yana bir qiyin davri ortda qoldi. Jamoaning sovrin yutishi uchun bor kuchimni berib, xotirjam ketishim mumkin edi, biroq sovrin yutish imkonsiz bo'ldi.
Omadsizlik kayfiyati bilan ketyapman. Garchi xursand bo'lmasam-da, bu erda juda ko'p do'stlar orttirdim", - deb yozadi argentinalik.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Di Mariya 2007-2010 yillarda o'ynagan "Benfika" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Havola :
Fikrlar