05 iyu 13:36
Yangiliklar
![](/upload/storage/41466_220.jpg)
Digeyl IBF chempionlik kamaridan voz kechdi
Digeyl majburiy himoya janglarini o'tkazilmaslik uchun ham shunday yo'l tutganini aytgan.
“Faoliyatimning so'ngi qismida katta jang o'tkazmoqchiman va shu bois ham IBF chempionlik kamarini vakant qoldirdim. Men boksda katta yutuqlarga erishdim. Olimpiada chempioni, ikki karra jahon, Evropa hamda Buyuk Britaniya chempioni bo'ldim. Tez orada oxirgi jangim haqida malumotni taqdim etamiz”, - dedi Digeyl.
Xabarda aytilishicha, Digeyl WBA chempioni Jorj Grouvzga qarshi revansh jangi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Jeyms 2011 yilda aynan Grouvzga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bugun IBF shtab-kvartirasida ushbu yo'nalishning vaqtinchalik chempioni Xose Uzkategiga to'laqonli IBF kamari topshiriladi.
Fikrlar