29 iyu 14:49
Yangiliklar
![](/upload/storage/42718_220.jpg)
Dillian Uayt sobiq jahon chempionini mag'lub etdi
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq jahon chempioni Jozef Parker (24-2, 18 KO) britaniyalik Dillian Uayt (24-1, 17 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangda sezilarli tashabbusga ega bo'lgan Uayt yakunda raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Uchchala hakam ham bir ovozdan 113-111, 115-110, 114-111 hisobidagi g'alabani Uaytga berishdi.
Etiborlisi, jangning ikkinchi va sakkizinchi raundlarida Dillian raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. O'n ikkinchi raundda esa uning o'zi nokdaunga tushib qoldi, lekin bahs yakuniga qadar oyoqda tura oldi.
Ushbu g'alaba evaziga Uayt WBC Silver chempionlik kamarini o'zida saqlab qolish barobarida vakant bo'lib turgan WBO International kamarini ham qo'lga kiritdi.
Fikrlar