29 iyu 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA
"Divizionda jiddiy muammo bo'la oladi". Daniel Korme Ramazon Temirov haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Ramazon Temirovga yuqori baho berdi.
"Ramazon Temirov ajoyib taassurot qoldirdi. Men anchadan beri bu vaznda shunday nokautli kuchga ega sportchini ko'rmagandim. U nafaqat kuchli zarbaga ega, balki, istalgan raqibni "o'chirib" qo'ya olishga qodir. Stiv Erceg bilan jangda u birinchi raunddayoq kuchli raqibni nokaut qilib, buni isbotladi. Bu nokdaundan keyin jangni to'xtatish emas, toza nokaut edi. Agar Temirov shunday usulda davom etadigan bo'lsa, divizionda istalgan raqibga jiddiy muammo bo'la oladi", - dedi Korme.

Havola :
Fikrlar