29 iyu 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Uaylderga $5 mln taklif qildi. Nimaga?
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn WBC chempioni Deontey Uaylderga taklif bilan chiqdi.
Avvalroq Xirn Uaylderga 2019 yilning 13 aprel kuni Londondagi “Uembli” stadionida Joshua bilan jang o'tkazish taklifi bilan chiqqan edi. Promouterning so'zlariga ko'ra o'sha taklif o'z kuchida qoladi.
“Deonteyga 13 aprel kuni “Uembli”da jang o'tkazishga rozi bo'lishi uchun 15 mln dollar taklif qilgandik. Bu taklif o'z kuchida qoladi. Agar Uaylder rozi bo'lsa, men unga 5 mln dollar beraman. Faqat buning uchun u shu yilning sentyabr yoki oktyabr oyida Nyu-Yorkda jang o'tkazishi kerak. Raqibni esa uning o'zi tanlaydi”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar