08 avg 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43185_220.jpg)
Eleyder Alvares dekabri oyida kamarini himoya qilmoqchi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishining yangi chempioni Eleyder Alvares o'zining navbatdagi jangini dekabr oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Kolumbiyalik bokschi hozircha raqib kim bo'lishini aytmagan. Lekin taxmin qilib ko'rgan. Birinchi navbatda ushbu chempionlik kamarining avvalgi sohibi rossiyalik Sergey Kovalyov bilan revansh jangini o'tkazishni niyat qilgan.
SHuningdek, WBA yo'nalishi chempioni yana bir rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol bilan ham birlashtiruvchi chempionlik jangi tashkil etilishi mumkin. Bivolning o'zi ham Kovalyov uchun shu yo'l bilan revansh olish istagi borligini aytmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar