06 avg 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Eleyder Alvares: “Kovalyov sekinlashib qoldi, men esa vaziyatdan foydalandim”
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishining yangi chempioni Eleyder Alvares kechagi jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
Kolumbiyalik bokschi ushbu chempionlik kamarining endilikda sobiq egasi Sergey Kovalyovni ettinchi raundda nokautga uchratib, jahon chempioniga aylangan edi.
“Xissiyotlarimni so'z bilan ifodalash mushkul. Men Sergeyga kuchli ekanim va zarba ko'tara olishimni isbotlamoqchi bo'lgandim. Buni amalda isbotladim. Jangning o'rtalariga kelib Kovalyovning harakatlari sekinlashib qoldi. Zarbalari ham kuchli chiqmayotgandi. Men esa bu vaziyatdan unumli foydalanib qoldim”, – dedi Alvares.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar