17 may 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimovning jangi 21 iyunga ko'chirildi
CHarm qo'lqop ustamiz Elnur Abduraimovning 18 may kuni AQSHda o'tkazilishi kutilgan professional boksdagi debyut jangi bekor bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Elnurning jangga ikki kun qolganda topilgan raqibi amerikalik Omar Etridj tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sababli hamyurtimiz ikkinchi bor jangsiz qoldi. SHifokorlar 27 yoshli Omarning boshi bilan bog'liq jiddiy muammo borligini sababli unga jang o'tkazish uchun ruxsat berishmadi.
Endi Elnur Abduraimov 21 iyun kuniga belgilangan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Bu malumotni biz bilan bo'lgan suhbatda Elnurning murabbiyi Ravshan Xodjaev ham tasdiqladi. Umid qilamizki, uchinchi marotaba jang bekor bo'lmaydi va nihoyat, Abduraimov prof ringda debyut qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar