16 may 14:02
Yangiliklar
Elnurning prof boksdagi debyut jangiga 2 kun qoldi, lekin raqib hali malum emas+FOTO
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, besh karra O'zbekiston chempioni Elnur Abduraimov AQSH vaqti bilan 18 may kuni kechqurun, bizning vaqt bilan 19 may sanasi tong saharda professional boksdagi debyut jangida ringga ko'tariladi.
Jangga 2 kun vaqt qolgan bo'lsada, hali hamyurtimizning raqibi nomiga oydinlik kiritilmagan. Hozirda bokschimizning meksikalik promouterlari bu borada ish olib borishyapti. Aslida Elnur 20 aprel kuni AQSHda ilk jangini o'tkazishi kerak edi. Lekin raqib topilmagani sababli jang bekor bo'lgandi.
AQSHda bo'lib turgan bokschimizning murabbiyi Ravshan Xodjaev bilan bog'langanimizda, u ham hali raqib topilmaganini tasdiqladi. Jang AQSHning Nyu-York shahrida Queens arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar