03 okt 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis kimga qarshi jang qilmoqchi ekanini aytdi
Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi chempionlik jangi haqidagi gaplar davom etmoqda.
Dastlab "Lo'lilar qiroli" jang bo'lmasligini aytdi. Keyinchalik esa Fyuri Joshuada shartnoma imzolash uchun 14 kun borligini malum qilgandi.
Ikki britaniyalik nima qilishni hal qilmaguncha, sobiq jahon chempioni Endi Ruis Fyuriga qarshi jangga tayyorligini aytdi.
"Ketdik! Bu ajoyib boks oqshomi bo'ladi", — deya yozadi Endi Ruis o'zining Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyurining otasi o'g'li uchun uch nafar ehtimoliy raqib nomini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar