23 iyu 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua Fyuri bilan aprelda jang qilmoqchi
Superog'ir vaznda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua jurnalistlar bilan suhbat chog'ida kelasi yilning aprel oyida sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang o'tkazish istagi borligini malum qilgan.
Joshua 2019 yilning 13 aprel kuniga Londondagi “Uembli” stadioniga buyurtma berib qo'ygan. Agar tomonlar o'zaro kelishib olsa, o'sha sanada Joshuaning WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder bilan birlashtiruvchi chempionlik jangi bo'lib o'tadi.
Mabodo, bu jangni tashkil qilish masalasida muammolar yuzaga kelsa, u holda Entoni hamyurti Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Joshua 22 sentyabr kuni aynan “Uembli”da rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar