14 sen 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45152_220.jpg)
Entoni Joshua: “Povetkin 39 yoshda? Jangdan keyin u o'zini 69 yoshdek his qiladi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jangi oldidan yana bir bor fikr bildirdi.
Britaniyalik jahon chempioni bo'lajak jangida Povetkinni muddatidan avval mag'lub eta olishiga ishonyapti.
“Men allaqachon jahon chempioniman. Lekin shunda ham sparring-raqiblardan o'rganishda davom etyapman. Ular jangga qadar ringni tark etishadi, lekin Povetkin men bilan oxirigacha ringda bo'ladi.
Ko'ramiz, u qancha vaqt dosh bera olar ekan? Povetkin 39 yoshda? Bizning o'zaro jangimizdan keyin u o'zini xuddi 69 yoshdek his qila boshlaydi”, - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o'rtasidagi chempionlik jangi 22 sentyabr kuni London shahridagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar