13 sen 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45103_220.jpg)
Entoni Joshua: “Povetkin bilan jangda extiyotkor bo'lmayman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua bo'lajak jangi yuzasidan fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, britaniyalik jahon chempioni 22 sentyabr kuni London shahridagi muhtasham Uembli stadionida rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tariladi.
“SHunchaki ringga chiqish va jangdan rohat olish kerak. Haddan ziyod extiyotkorlik ham zararga ishlashi mumkin. Bu mening jang uslubimga ham to'g'ri kelmaydi. Ilk raundlardanoq tajovuzkor bo'lib, jangni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilaman”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar