28 iyu 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua promouteri bilan shartnomani uzaytirdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua Eddi Xirnga tegishli Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Yangi kelishuvga ko'ra, britaniyalik jahon chempioni kamida 3 yil ushbu promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda janglarini o'tkazadi. SHartnoma bandiga ko'ra, Joshuaning janglarini Buyuk Britaniya hududida Sky Sports telekanali ko'rsatishda davom etadi. AQSH hududida esa DAZN striming servis tomonidan translyaciya qilinadi.
Yangi shartnoma bo'yicha ilk jang sentyabr oyida Joshuaning rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi o'tkazadigan chempionlik himoya jangiga to'g'ri keladi. Eddi Xirn kelishuv bo'yicha Joshuaga kamida 5ta jang tashkil qilib berishi shart bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar