06 sen 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: “Uaylder Fyuriga yutqazsa ham, u bilan jang qilishga tayyorman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua yana bir bor WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylderga qarshi jang mavzusiga to'xtaldi.
Amerikalik jahon chempioni o'zining navbatdagi jangini sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Joshua esa ushbu jang natijasidan qatiy nazar, Uaylderga qarshi ringga ko'tarilish istagida ekanligini malum qildi.
“Biz bugungi kun boks yulduzlarimiz. SHu sababli ham jang natijasidan qatiy nazar, men Uaylderga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Xuddi shunday holat Deonteyda ham bo'lishi mumkin. Yani, men Povetkinga yutqazib qo'ysam, u baribir menga qarshi jang o'tkazishga intiladi. Har holda men shunday fikrdaman”, - dedi Joshua.
Havola :
Fikrlar