15 iyu 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Krolla Lomachenkoni ringga chorladi
Engil vazn toifasida sobiq WBA chempioni Entoni Krolla ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko bilan jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
Krolla jarohat hamda to'yi sababli malum muddat boksdan uzoqlashib qolgandi. Hozirda WBA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan britaniyalik bu bokschi ushbu yo'nalish chempionlik kamarini yana o'ziga qaytarib olish istagida yonmoqda.
Bu chempionlik kamari esa ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga tegishli. Krolla yaqin kunlarda reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan Evens Perga qarshi ringga chiqishi mumkin. Agar bu jang amalga oshib, unda Entoni g'alaba qozonsa, u holda keyingi jang katta ehtimol bilan aynan Lomachenkoga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar