14 iyu 10:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Murodjon “Kaka” Ahmadaliev ham ringga chiqadi
Ertaga Rio Olimpiadasi hamda jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev ham professional boksdagi o'zining uchinchi jangini o'tkazadi.
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Ahmadaliev argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko'tariladi. Jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, Molina professional ringdagi faoliyati davomida 12ta jang o'tkazgan. SHularning 7tasida u raqiblarini mag'lub etgan (2tasida nokaut evaziga). To'rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.
Murodjon “Kaka” Ahmadaliev esa prof boksda ikkita jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar