16 iyu 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40495_220.jpg)
Ertangi kun qahramonlari taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHda navbatdagi professional boks kechasi o'tkaziladi.
Bugun esa ertangi kun qahramonlari tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Oqshomning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Errol Spens rasmiy davogar Karlos Okampoga qarshi ringga ko'tariladi.
Ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Spens 66,6, Okampo esa 66,5 kg tosh bosdi. Birinchi yarim engil vaznda WBA chempioni Denniel Roman 55,2 kg bilan meyorni bajardi, uning raqibi reytingda birinchi o'rinni egallab turgan Moyses Flores 55,8 kg vazn bilan meyordan o'tib ketdi. Bu holatda Roman mag'lubiyatga uchrasa ham WBA chempionlik kamarini o'zida saqlab qoladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar