03 avg 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42916_220.jpg)
Face Off: Kovalev-Alvares va Bivol-CHilemba
Ertaga, bizning vaqt bilan esa yakshanba kuni tong saharda AQSHning Nyu-Jersi shtati Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida shug'ullanayotgan Sergey Kovalyov (32-2-1, 28KO) o'ziga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini himoya qiladi.
Rossiyalik 35 yoshli chempion mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kolumbiyalik 34 yoshli Eleyder Alvares (23-0, 11KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Yana bir qiziqarli jangda esa yarim og'ir vaznda WBA chempioni rossiyalik 27 yoshli Dmitriy Bivol (13-0, 11KO) malaviylik 31 yoshli Ayzek CHilemba (25-5-2, 10KO) bilan to'qnash keladi. Bo'lajak jang oldidan bokschilar ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
Havola :
Fikrlar