04 avg 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Farmer IBF chempioniga aylandi va Devisga ringga chorladi
Amerikalik 28 yoshli Tevin Farmer Avstraliyada o'tgan professional boks kechasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
U mahalliy bokschi, yarim engil vaznda sobiq IBF chempioni Billi Dibni 120-107, 119-108, 118-109 hisobida mag'lub etdi. To'qqizinchi raundda Billi nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Bahs yakunlanganidan so'ng 32 yoshli Dib bu faoliyatidagi so'nggi jang bo'lganini elon qildi. Farmer esa aksincha birinchi engil vaznda WBA chempioni Jervont Devisni ringga chorladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar