12 sen 11:21
Yangiliklar
Fazliddin G'oibnazarov 20 oktyabr kuni Las-Vegasda jang qiladi
Ushbu jang 20 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. CHarm qo'lqop ustamizga asli kelib chiqishi meksikalik, lekin AQSH sharafini himoya qilib kelayotgan bokschi Vilbert Lopez raqiblik qiladi.
Yigirma uch yoshli Lopez professional boksdagi faoliyatini 2013 yilning 17 may kuni boshlagan. SHu kungacha 32ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 23tasida g'alaba qozongan. O'n beshta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. To'qqizta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, bittasi nokaut bilan. Vilbert chapaqay bokschi hisoblanadi. Bu yil hisobidan 3ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.
Fazliddin G'oibnazarov esa 5ta jangning barchasida g'alabaga erishgan. U hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini 15 iyul kuni amerikalik Kevin Jonsonga qarshi o'tkazib, raqibini 78:74 hisobida mag'lub etgan edi. Bu bilan Fazliddin raqibiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini taqdim etgandi.
Fikrlar