14 iyu 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Fazliddin G'oibnazarov ertangi jangi oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi + VIDEO
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga professional ringda faoliyatini olib borayotgan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov o'zining beshinchi jangini o'tkazadi.
"Lakefront Arena" mezbonlik qiladigan bahsda "Fayzi"ga amerikalik Kevin Jonson raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Fazliddin professional ringda to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Kevin esa beshta jang o'tkazgan va barchasida raqiblarini mag'lub etgan (4tasi nokaut bilan).
Mazkur jang oldidan bokschilar vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Bahs birinchi o'rta engil vazn toifasida o'tkazildi. Bokschilar jangga 63,5 kg meyorni bajara olishdi. Bahs bizning vaqtimiz bilan 15 iyul kuni tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar