So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

16 iyu 15:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov: Raqibning statistikasi meni qo'rqitayotgani yo'q

Xabar berganimizdek, Olimpiya o'yinlari chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQSHda o'tkazadi.

«Lakefront» arenasi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko'tariladi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, Fazliddin hozirgacha professional boksda 4ta jang o'tkazib ularning barchasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Raqib ham o'tkazgan barcha jangini o'z foydasiga hal qila olgan. (5ta jang, 4tasi nokaut).

Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati bokschi bilan bog'lanib, uning jangga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

«Jangga Kaliforniyada tayyorgarlik ko'ryapmiz. Murabbiyim Abror Tursunpo'latov bilan ishlayapman. Oldinda bir oylik mashg'ulotlar kutib turibdi. Sparring janglarni boshlaganmiz. Mashg'ulot janglari meksikalik va amerikalik bokschilarga qarshi o'tkazilmoqda. SHuningdek, qozog'istonlik raqib ham mashg'ulotlarda men bilan birga ishlaydi. Mashg'ulotlardagi raqiblarimning barchasi baland bo'yli va asosan o'ng qo'lda jang qiladi. Kevin Jonsonning bundan oldingi janglarini o'rganib chiqayapmiz. Uning nozik tomonlarini topishga ham ulgurdik. Tayyorgarlik jarayonida bu tomonlar ham inobatga olinadi.

Raqibning ko'rsatkichi meni qo'rqitayotgani yo'q. Agar boksda qo'rquv sezadigan bo'lsang faoliyatingni yakunlab qo'yganing yaxshiroq. Ringga o'z kuchingga yuqori ishonch bilan chiqish lozim. Men doimo shu tarzda jangga chiqaman. Ortimda butun mamlakat turganini, meni qo'llab-quvvatlayotganini bilaman. Bu menga yanada ko'proq kuch bag'ishlaydi», – dedi Fazliddin G'oibnazarov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing