15 iyu 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42023_220.jpg)
Fazliddin ringga chiqqan oqshomning markaziy jangi bo'lib o'tdi
Amerikalik 29 yoshli Rejis Progreys hozirgina AQSHning Yangi Orlean shahrida yakunlangan boks oqshomida o'z kamarini himoya qildi.
Progreys birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini himoya qildi. Uning raqibi argentinalik 31 yoshli Xuan Xose Velasko bo'ldi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangning sakkizinchi raundida Progreys raqibini texnik nokautga uchratdi. Velaskoning murabbiy va sekundantlari ikkinchi nokdaun holatidan so'ng jangni to'xtatishdi. Bu g'alabasi evaziga Progreys kuzda start oladigan Butunjahon boks superseriyasi (WBSS)ning ikkinchi mavsumida ishitirok etadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar