25 apr 18:39
Yangiliklar
Futbol
FIFA prezidenti 5-6-may kunlari O'zbekistonga tashrif buyuradi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 5-6-may kunlari O'zbekistonda futbolni ommalashtirish yo'lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Delegaciya tashrif davomida mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini (“Do'stlik”) ko'zdan kechirishi, shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari bilan uchrashuvlar o'tkazishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar