02 may 18:07
Yangiliklar
FOTO CAFA Konressi o'tkazildi. Rustami Emomali associaciya prezidenti etib qayta saylandi, Ravshan Ermatov esa...
Dushanbeda bo'lib o'tgan CAFA Kongressida FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa, Tojikiston, Eron, O'zbekiston, Turkmaniston, Afg'oniston va Qirg'iziston futbol federaciyalari rahbarlari va delegatlari, shuningdek, FIFA va OFK vakillari ishtirok etishdi.
Unda Tojikiston futbol federaciyasi prezidenti Rustami Emomali yangi to'rt yillik muddatga CAFA prezidenti etib qayta saylandi.
Bugungi Kongressda Afg'oniston futbol federaciyasi prezidenti Muhammad Yusuf Korgar va Turkmaniston futbol federaciyasi prezidenti Arslan Aynazarov CAFA vice-prezidenti etib saylanishdi. O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov esa ushbu lavozimdan o'z nomzodini qaytarib oldi.
Malumot o'rnida, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov 1 fevral kuni Bahraynda bo'lib o'tgan OFK 33-Kongressida tashkilot Ijroiya qo'mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida saylangan edi.
Eron futbol federaciyasi bosh kotibi Hidoyat Mombeni yangi CAFA Ijroiya qo'mitasiga, Qirg'iziston futbol ittifoqi vice-prezidenti Dastanbek Qo'noqboev esa Markaziy Osiyo futbol associaciyasi nomidan Osiyo futbol konfederaciyasi Ijroiya qo'mitasiga azo bo'ldi.
Fikrlar