13 dek 14:23
Yangiliklar
Frensis Ngannu: "MMAchilar bokschilar kabi kuchli emas"
"Fyuri juda qattiq zarba beradi. MMAchilarning zarbalari bokschilarniki kabi kuchli emas. Ularning tezligi katta va buni qanday ishlatish kerakligini yaxshi bilishadi. Tayson esa juda ajoyib jang qiladi. Undan bir nechta kuchli zarbalar qabul qilib oldim. O'sha payt miyamdan faqatgina yomon xislar o'tdi.
Bir tomondan zarbalarni xis qilayotganingiz ham yaxshi, chunki miyangiz hali ish jarayonida bo'ladi. Tayson nokdaun bo'lganida o'zini yo'qotib qo'yganmidi? Menimcha yo'q. Unchalik kuchli zarba bermadim, shu sababli u o'rnidan turdi. Uning elkasi zarbaning asosiy kuchini qabul qildi.
Rejam oddiy edi: shunchaki ringga chiqib, o'z yo'nalishimni ko'rsatish bo'lgandi. G'alaba uchun intilgandim", - dedi sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu.
Eslatib o'tamiz, Tayson va Frensis o'rtasidagi jang 28 oktyabr kuni o'tkazilgan va unda britaniyalik bokschi hakamlar qarori evaziga g'alabaga erishgandi.
Fikrlar