06 sen 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaylderga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi.
Bu haqida sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.
"Uaylderning ortidan boryapman. U yaxshiroq tayyorlanishi kerak. CHunki, men hamma o'ylaganidan ham yaxshiroq formada bo'laman", - dedi britaniyalik bokschi.
Hozircha Fyuri va Uaylder o'rtasidagi jang qachon bo'lishi nomalum. Ammo, to'qnashuv katta ehtimol bilan shu yil AQSHda tashkil qilinadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar