06 avg 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43093_220.jpg)
Gabor Eleusinov va G'iyosovni taqqosladi va SHahramni...
Vengriyalik bokschi Gabor Gorbich qozog'istonlik Daniyar Eleusinov hamda hamyurtimiz SHahram G'iyosovni taqqosladi.
Bu bokschi ayni paytda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan SHahram va Daniyarga imkoniyatni boy bergan edi.
- O'ylashimcha, G'iyosov professional bokschi sifatida Eleusinovdan kuchli. SHahram prof boksda katta yulduzga aylanishi kerak. Lekin men bu har ikki bokschiga qarshi kechgan janglarimda o'zimni yaxshi xis qilganman, - dedi Gorbich.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov va Daniyar Eleusinov Rio Olimpiadasining hal qiluvchi final jangida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda biroz bahsli tarzda qozog'istonlik bokschi g'alaba qozongan edi. Kim biladi, balki bu ikki bokschining yo'llari prof ringda ham to'qnash kelib qolar.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar