So’nggi yangiliklar

14:59"Ливерпуль" Баркола бўйича келишувга эришди 0 14:27Рой Жонс Усик иштирокидаги орзу қилинган жанг ҳақида гапирди 0 13:53Гэтжи Махачев билан жанг учун UFC чемпионлик камаридан воз кечмоқчи 0 13:26Абу-Даби UFC 333 турнирининг асосий жанги деярли маълум + ФОТО 0 13:01Беҳруз Каримов — "Лугано" футболчиси! 0 12:36WBА Мурат Гассиевнинг рақибини эълон қилди. У мағлубиятсиз британиялик! 0 12:05Шара Буллетнинг RAF лигасидаги дебюти ватандошига қарши бўлади + ПОСТЕР 0 11:43Tўлиқ янгиланган Жаҳон рейтингининг август ойи талқини эълон қилинди 0 11:08UFC Fight Night 284 иштирокчилари тарозига чиқишди 0 10:44"Барселона" сардори "Ливерпуль"га ўтади 0 10:09Асламжон Ортиқовнинг титул учун реванш жанги қачон ўтказилиши маълум бўлди 0 09:48Ёш оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатидаги илк медални қўлга киритишди 0 09:22Японияга жўнаб кетган Рамазон Темиров укаси Азизбек Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 08:57Инфантино жазманининг лавозимини оширишда ва унга товон пули тўланишда айбланмоқда 0 08:31Расман! Суҳроббек Отажонов Octagon League чемпионлик камари учун жанг қилади + ПОСТЕР 0

08 avg 13:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Getji Maxachev bilan jang uchun UFC chempionlik kamaridan voz kechmoqchi

Jastin Getji yarim o'rta vazn toifasida Islam Maxachev bilan chempionlik jangi uchun engil vazn toifasidagi UFC kamarini topshirishi mumkin.

Bu haqda ham amerikalik, ham rossiyalik jangchining ishlarini yurituvchi menejer Ali Abdel-Aziz malum qildi.

"Agar Jastin Getji faqat bitta jangni tanlashi kerak bo'lsa, men u eng katta raqibni va nomi yonida eng katta chek turgan jangni tanlashini istayman. Bu shart emas, uning o'z chempionlik kamari uchun jang bo'lishi kerak. Bu yarim o'rta vazn chempionligi yoki BMF kamari uchun jang bo'lishi mumkin. Asosiysi – kim unga eng ko'p nollari bor chekni taklif qiladi.

Menimcha, engil vazn toifasidagi top-jangchilardan hech biri Jastin Getji merosiga yangi narsa qo'sha olmaydi. CHarlz Oliveyra? U necha marta taslim bo'lgan. Arman Carukyan, ehtimol, diviziondagi eng qiyin raqib va katta ehtimol bilan kelajakda chempion bo'ladi. Maks Xollouey Jastinni mag'lub etdi – mayli. Lekin men hozir xudbinlik bilan fikr yurityapman: agar Iliya g'alaba qozonganida, u keyingi jangini Islamga qarshi o'tkazgan bo'lardi. O'ylaymanki, agar Jastin Getji Islam bilan jang qilishni xohlasa, u bu jangni olishi mumkin. Nega endi yo'q? SHunda u engil vazndagi chempionlik kamarini bo'shatadi. Agar bu jang unga eng katta gonorar keltirsa, demak, aynan shu jangni olishi kerak", – dedi Abdel-Aziz "Pound 4 Pound" podkastining navbatdagi sonida.

Iyun oyida Iliya Topuriyadan engil vazn chempionlik kamarini tortib olgan Jastin Getji joriy yilda oktagonga chiqmoqchi emasligini malum qilgan edi. Islam Maxachev esa bir haftadan so'ng Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing