16 sen 11:26
Yangiliklar
GGG faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi
Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o'tgan takroriy jangda Golovkinning barcha uchta chempionlik kamari, shuningdek, vakant bo'lib qolgan The Ring jurnali tasis etgan maxsus chempionlik tituli ham o'rtaga qo'yilgandi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang yakunida hakamlar 115-113, 115-113, 114-114 hisobida Alvaresning g'alabasini taminlashdi. “Kanelo” barcha chempionlik kamarlarini tortib olish barobarida Golovkinga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni ham taqdim etdi.
Gennadiy Golovkin hisobida 39ta g'alaba, bittadan durang va mag'lubiyat bor. Meksikalik bokschi esa bugun roppa-rosa 50-g'alabasini qo'lga kiritdi. Saul bir marotaba mag'lubiyatga uchragan va yana bitta jangda, yani o'tgan yili aynan Golovkinga qarshi bahsda durang natija qayd etgan edi.
Fikrlar