15 iyu 10:33
Yangiliklar
![](/upload/storage/42030_220.jpg)
G'oibnazarov bu yil hisobidan yana ikkita jang o'tkazmoqchi
Rio Olimpiadasi chempioni 8 raundga mo'ljallangan jangda amerikalik raqibi Kevin Jonsonni 78:74 hisobida mag'lub etdi. Biz ushbu jangdan so'ng bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo'latovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bugungi jang biz kutgandan ham qiyin kechdi. Raqib jismoniy tomondan kuchli tayyorgarlikka ega ekan. Buni u butun jang davomida kuchli zarbalarni ko'tara olishi bilan isbotladi. Bu holat esa o'z-o'zidan Fazliddinning asabiylashishiga sabab bo'ldi.
Eng muhimi, jangni g'alaba bilan yakunlab oldik. Kelayotgan payshanba kuni G'oibnazarov Toshkentga uchadi. Men esa shu erda qolib Sergey Kovalyovni 4 avgust kuni o'tkaziladigan chempionlik himoya jangiga tayyorlayman. Sergey kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga chiqadi. JangAtlantik-Siti shahridagi Hard Rock Hotel & Casino ochiq arenasida bo'lib o'tadi.
Rejamizga ko'ra Fazliddin shu yil oxirigacha yana ikkita jang o'tkazishi kerak. Buni biz promouterlar bilan birgalikda muhokama qilib, eng maqbul variantni tanlaymiz. CHempionlik kamari uchun hali kamida 2-3ta jang o'tkazishimiz kerak bo'ladi", - dedi Tursunpo'latov.
Fikrlar