13 iyu 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Golden Boy Golovkinga Alvares bilan jang uchun gonorarning 42,5% ulushini vada qildi
Golden Boy promouterlik kompaniyasi o'rta vazn toifasida jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga Saul “Kanelo” Alvares bilan o'tkazadigan jangi uchun gonorar ulushini elon qildi.
Unga ko'ra, umumiy gonorar jamg'armasining 57,5 foizi Alvaresga, 42,5 foizi esa Golovkinga tegishli bo'ladi. Bu haqda Golden Boy promouterlik kompaniyasi prezidenti Erik Gomes ESPN telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
SHuning barobarida kompaniya Golovkin va uning jamoasiga ushbu taklif yuzasidan so'nggi qarorini 12 soat ichida qabul qilishi shart ekanligini aytgan. Agar Gennadiy bu taklifni qabul qilmasa, Alvares Deniel Jeykobsga qarshi kechadigan jang uchun shartnoma imzolaydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar