21 iyu 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40757_220.jpg)
Golovkin - Alvares: Matbuot anjumani Saulsiz o'tdi, Gennadiyga kamar topshirildi
AQSHning Los-Andjeles shahrida o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinga The Ring Magazine chempionlik kamarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur kamar Golovkinga ushbu boks nashri tomonidan vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi bokschi deb topilgani uchun topshirildi. Bundan tashqari, ushbu tadbirda matbuot anjumani ham o'tkazildi.
Unda Gennadiy Golovkin jurnalistlarning Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi o'tkazadigan jangi yuzasidan bergan savollariga javob qaytardi. Meksikalik bokschi esa bu tadbirda ishtirok etmadi.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi takroriy jang shu yilning 15 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. O'tgan yilgi ilk jangda durang natija qayd etilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar