01 iyu 08:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Alvares Facebook orqali muloqotga kirishishadi
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Gennadiy Golovkin hamda davogar bokschi Saul “Kanelo” Alvares bo'lajak jang oldidan yuzma-yuz matbuot anjumanida ishtirok etishga rozilik berishadi.
Gap shundaki, ikki bokschi hamda ularning jamoalari o'rtasida sovuq munosabat yuzaga kelgan. Kelayotgan seshanba kuni jangning reklama kompaniyasi doirasidagi ilk anjumanni o'tkazishadi. Bokschilar Toshkent vaqti bilan tunggi 01.00dan boshlab Facebook tarmog'ida telekonferenciya o'tkazishadi.
Ushbu konferenciyada bokschilar masofadan turib revansh jangi bilan bog'liq barcha savollarga javob qaytarishadi. Ilk jang bilan taqqoslaganda Alvares va Golovkin faqat ikki marotaba birgalikda belgilangan rasmiy tadbirda ishtirok etishadi. Ulardan biri jangdan bir kun oldin o'tkaziladigan rasmiy matbuot anjumani, ikkinchisi esa tarozidan o'tish marosimidir.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar