16 iyu 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin vs Alvares. Nihoyat, revansh o'tkaziladi, jang sanasi ham malum
Nihoyat, orziqib kutilgan professional boks olamidagi eng muhim janglardan biri o'tkaziladigan bo'ldi.
Professional boksning o'rta vazn toifasija WBC, WBA (Super) va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin (38-0-1, 34 KO) va meksikalik Saul “Kanelo” Alvares (49-1-2, 34 KO) revansh jangini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Har ikki bokschining promouterlari takroriy jangni o'tkazish masalasida bir yarim soat davom etgan muzokaradan so'ng bir to'xtamga kelishdi. Revansh jangi 15 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada bo'lib o'tadi.
Orziqib kutilgan ushbu jangni HBO telekanalida pullik translyaciya tizimida (PPV) olib ko'rsatiladi. Jangdan tushadigan umumiy daromadning 42,5 foiziga Golovkin, qolgan 57,5 foizini esa Alvares ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar