16 sen 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning murabbiyi: “Kanelo”ga qarshi uchinchi jang o'tkazilishi mumkin”
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning murabbiyi Abel Sanches shogirdining Saul “Kanelo” Alvaresdan qabul qilgan bugungi mag'lubiyatiga izoh berdi.
“Bugungi boks muxlislari ajoyib jangning guvohiga aylanishdi. O'n ikkinchi raundgacha deyarli teng vaziyat hukmronlik qildi. Bu mening shaxsiy kuzatuvim. Hakamlar esa turli burchaklardan jangni kuzatishdi.
SHunday bo'lsada, men hakamlarning qaroriga etiroz bildirmayman. Lekin bugungi bahs uchinchi jangning o'tkazilishiga etarlicha asos bo'la oldi”, - dedi Sanches.
Takidlash joiz, Golovkin hakamlar qarori elon qilinishi hamonoq ringni tark etdi. U hech kimga intervyu ham bermadi. Bugungi mag'lubiyatdan so'ng Gennadiy o'ziga tegishli bo'lgan o'rta vazn toifasidagi WBC, WBA (Super) va IBO chempionlik kamarlarini boy berdi.
Havola :
Fikrlar