19 iyu 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning murabbiyi: “Saul Alvares nokautga uchraydi”
Professional boksning o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik davogar Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi revansh jangining rasman o'tkazilishi malum qilingan edi.
SHundan so'ng har ikki bokschining pomouterlari, menejerlari va murabbiylari o'rtasida daxanaki so'z janglari boshlanib ketdi. Jumladan, Golovkinning murabbiyi Abel Sanches bo'lajak jangda Gennadiy raqibini nokautga uchratishini taxmin qilmoqda.
O'z o'rnida Alvaresning murabbiy va menejerlari Saul Golovkindan munosib tarzda revansh olishini va turli gap-so'zlarga hojat qoldirmasligini aytishdan charchashmayapti.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi chempionlik jangi 15 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar