30 apr 16:00
Yangiliklar
Futbol
Gvatemala U20 terma jamoasi Argentinadagi yig'in davomida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Mazkur jamoa jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.
Gvatemala U20 terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan mezbon mamlakat — Argentinada 30 aprel – 11 may kunlari yig'in o'tkazadi. Meksikalik murabbiy Rafael Loredo tomonidan bo'lajak bahslarga 23 nafar futbolchi jalb qilingan.
Yig'in doirasida gvatemalaliklar to'rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi, ularning uchta raqibi aniq, to'rtinchisi esa nomalum:
"Ximnasiya" (Argentina);
"Sakachispas" (Argentina);
"Deportivo Riestra" (Argentina).
Eslatib o'tamiz, Gvatemala U20 jahon chempionatida Argentina, O'zbekiston va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan. Jamoa ilk o'yinni okeaniyaliklarga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar