04 noy 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Hakam JCH-2021da qozog'istonlik bokschining g'alabasi o'g'irlanganini aytdi
Qozog'istonlik hakam Samatali Toltaevning mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Qozog'istonlik hakam Serikjan Eshmagambetov Belgradda bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida Samatali Toltaev hamda shotlandiyalik Riz Linch o'rtasidagi jangdagi hakamlik haqida gapirdi.
«Bokschimiz Toltaevning g'alabasi «o'g'irlandi». AIBA o'zi xohlaganini qiladi va buni o'zining hakamlar jamoasi bilan birgalikda amalga oshiradi», — deb yozdi Eshmagambetov Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, -63,5 kg vazn toifasi chorak finalidagi Toltaev - Linch jangi 3:2 hisobida shotlandiyalik bokschining bahsli g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar