12 iyu 08:26
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov: “To'yimdan keyin faoliyatimda pasayish bo'lgani rost”
Turnirning chorak finalida hindistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ygan Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov omadsizlik sabablarini shunday izohladi.
“Musobaqa biz uchun og'ir o'tdi. CHunki, to'y sabab tayyorgarliklarga ham vaqt bo'lmadi (kuladi). Qachondir bunday holatga tushishimiz lozim edi. Bu hozir bo'lgani yaxshi bo'ldi. CHunki, Osiyo o'yinlarigacha qiyinchilik bo'lishi kerak edi. So'nggi jangimni qishda o'tkazgandim. Hindistonlik raqibga qarshi jangdagidek holat Osiyo o'yinlarida sodir bo'lganida bu yaxshi bo'lmasdi. Musobaqa davomida Osiyo o'yinlaridagi bo'lajak raqiblarim imkoniyatini ham o'rgandik.
Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonidan ko'nglimiz to'ldi. Aytib o'tganimdek, ortda qolgan musobaqalarda raqiblarimizni yaxshi o'rganib oldik. Endi navbatdagi janglar osonroq bo'ladi. Tayyorgarlik yaxshi kechmoqda. Yaqinda Tailanddagi turnirda ham qatnashamiz, so'ngra Osiyo o'yinlariga jo'nab ketamiz. Nasib qilsa, Osiyoda Riodagidan ham yaxshiroq natija ko'rsatamiz”, – dedi Hasanboy Do'smatov.
Fikrlar
Kim biladi. Profional boksda eng kichik vazn qancha??