28 may 16:32
Yangiliklar
Qishki sport turlari
"Humo Arena"da xokkey bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi, kirish bepul
1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag'ishlab poytaxtimizda xokkey bo'yicha “Tashkent Cup” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi.
2-5 iyun kunlari o'tkaziladigan mazkur turnir bolalar o'rtasida o'tkazilib, unda Latviya, Qozog'iston va Qirg'izistondan tashrif buyuradigan jamoalar ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.
Reglamentga ko'ra, musobaqada “Binokor” va “Tashkent Siti” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishadi. SHuningdek, “Riga” (Latviya), “Kaysar” (Qozog'iston) va “Alg'a” (Qirg'iziston) jamoalari ham bosh sovrin uchun kurash olib borishi belgilab qo'yilgan.
Bahslarga “Xumo arena” mezbonliq qiladi va unga kirish bepul. Taqvimga ko'ra, 2-4 iyun kunlari o'yinlar bo'lib o'tsa, 5 iyun sanasida barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo'ylab madaniy dasturlar ishlab chiqilgan.
Havola :
Fikrlar