14 avg 15:40
Yangiliklar
"Islam Gerri bilan tik turib jang qilsa ham xavotir olmayman" - Maxachevning murabbiyi
Ushbu jang 16 avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahridagi UFC 330 turnirida bo'lib o'tadi.
"Ishonsangiz ham, ishonmasangiz ham, Islam tik turib jang qilishda juda kuchli. Agar u oktagonga chiqib, Yenni zarbalarda engishi mumkinligini his qilsa, aynan shunday qilamiz. Men uning kim bilandir tik turib jang qilishidan qo'rqmayman.
SHuningdek, jangni parterga o'tkazishidan ham xavotir olmayman, chunki Islam o'zini u erda yanada erkin his qiladi. Dunyoda uning darajasidagi grepplerlar juda kam.
Islam hamma jihatdan kuchli. Bu jang raqibni har qanday yo'l bilan parterga tushirish kerak bo'lgan toifadagi jang emas. Biz raqib nimalarga imkoniyat berishini ko'ramiz va shundan foydalanamiz. Bu albatta “kurashga qarshi "stoyka" to'qnashuvi bo'lishi shart emas. Biz g'alaba uchun eng to'g'ri deb hisoblagan uslubda jang qilamiz. Agar bu parter bo'lsa — parter, agar tik turib jang qilish bo'lsa — shunday bo'ladi", — dedi Mendes.
Fikrlar