04 avg 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev boks qoidalari bo'yicha jang o'tkazish taklifiga javob qaytardi
UFC yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev boks qoidalari asosida jang qilish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Biz Turki Al ash-SHayx bilan Zuffa Boxing doirasida boks jangini tashkil etish bo'yicha yaxshi muzokaralar o'tkazdik. Bu sirmi-yo'qmi, bilmayman, ammo u menga: “Qachon boksga tayyor bo'lsang, xabar ber, biz biror narsa tashkil qilamiz”, dedi.
Nega endi yo'q? Boshqa sportchilardan biriga qarshi boks jangini o'tkazish mumkin. Turki bu haqda mendan bir necha bor so'ragan, men esa har safar: “Avvalo Dana Uayt bilan gaplashing”, deb javob berganman", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar