18 may 14:38
Yangiliklar

Italiya prezidenti kelgan finalda mezbon tennischi bosh sovringa ega chiqdi
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 5-o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmine Paolini dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati ham tiklandi - 2:2. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahsda Paolini 5 ta breykni amalga oshirdi. O'z vatanidagi muvaffaqiyat Paoliniga 877,390 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosi taqdim etdi. Goff esa 456,735 evro va 650 ochko ishlab oldi.
Etiborga molik jihati shundaki, Italiya prezidenti Serdjo Mattarella WTA 1000 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning final uchrashuvida faxriy mehmoni bo'ldi. Jasmine esa davlat rahbarining ishonchini oqladi.
Fikrlar