17 may 13:40
Yangiliklar
Tennis

Italiya prezidenti Rim turniri finaliga tashrif buyuradi
Italiya prezidenti Serdjo Mattarella Rim shahrida yakuniga etib borayotgan WTA 1000 tennis turniri finali faxriy mehmoni bo'ladi.
Ayollar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 5-o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmine Paolini dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga qarshi kortga chiqadi.
Jasmine 1/2 finalda amerikalik Peyton Styornsni 7/5, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Amaldagi chempion, polshalik Iga Cvyontek uchinchi davrada amerikalik Daniel Kollinzga 1/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar